Hakimi ispanlarni qo‘rqitib qo‘ydi
Ertaga Marokash Ispaniya bilan bahs olib boradi.

Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi jahon chempionati 1/8 finalida Ispaniya bilan bo‘ladigan o‘yin haqida gapirdi.
“Ispaniya terma jamoasi ushbu turnirda kuchli 5 ta jamoadan biri. Ular bilan o‘yinimiz bor, lekin biz o‘zimizga ishonamiz. Biz o‘z o‘yinimizni ko‘rsatib, g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Marokashdagi futbolchilar o‘z ishlarini aʼlo darajada qilishmoqda. Guruhda birinchi o‘rinni egalladik, o‘ylaymanki, biroz hurmat qozondik. Ishonchim komilki, Ispaniya buni tushunadi va ular bizdan biroz qo‘rqishlari kerak”, — deya Hakimini so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Marokash va Ispaniya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ertaga bo‘lib o‘tadi. Bu juftlik g‘olibi chorak finalda Portugaliya – Shveysariya juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.







