Hammasi hal bo‘ldi
Ronaldu endi Saudiya Arabistoni klubida o‘ynaydi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin kunlarda Saudiya Arabistonining “Al-Nassr” futbol klubi bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira o‘zining twitter sahifasida maʼlum qildi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma 2,5 yilga imzolanadi va reklamadan tushgan daromadni hisobga olgan holda mavsumiga taxminan 200 million yevro maosh oladi. Shu tariqa, Ronaldu Saudiya klubida taxminan 500 million yevro ishlab oladi.
“Al-Nassr” Ronaldu uchun “Al-Hilol” va Yevropa klublariga qarshi kurashda g‘alaba qozondi. 37 yoshli portugaliyalik hujumchi Yevropa klublaridan bir qancha rasmiy takliflarni kutgandi, biroq bu amalga oshmadi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida “Manchester Yunayted” hujumchi bilan shartnomani bekor qilgandi.







