Lopartani niyatidan qaytarishdi
U Messini “Barselona”ga olib kelmoqchi bo‘lgan.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messining “Barselona”ga qaytishi dargumon. Kataloniya klubi rahbariyati hujum chizig‘ida yoshroq futbolchini qo‘lga kiritishni afzal ko‘rmoqda. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Barselona” direktorlar kengashida Messining qaytishi va “Manchester Siti”dan Bernardu Silvaning transferi o‘rtasidagi tanlov borasida uzoq vaqtdan beri bahs-munozaralar bo‘lib o‘tgan. Jamoa prezidenti Joan Laporta dastlab afsonaviy argentinalik futbolchining qaytishini yoqlagan edi, biroq direktorlar kengashi uni yoshroq futbolchini sotib olishga ko‘ndirishgan.







