Sport

“Roma” qishki transfer oynasida yana bir xaridga qo‘l uradi

Klub “Barselona” himoyachisini sotib olmoqchi.

“Roma” qishki transfer oynasida yana bir xaridga qo‘l uradi

 

“Barselona” himoyachisi Ektor Belerinni Italiyaning “Roma” klubi qishki transfer oynasida sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Nikolo Shira twitter sahifasida xabar berdi.

 

Mourinyo Rik Karsdorpni “Sassuolo”ga qarshi o‘yindagi yomon o‘yini uchun tanqid qilgandi va keyin unga yangi klub izlash zarurligiga shama qildi. Katta ehtimol bilan Bellerin uning o‘rnini egallashi mumkin.

 

Eslatib o‘atmiz, 27 yoshli Bellerin “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2011 yilda klubni tark etgan va 2022 yilning yozida erkin agent sifatida yana qaytgan.

 

“Roma” qishki transfer oynasida yana bir xaridga qo‘l uradi | Zamon.uz