Shaharlararo avtobuslar harakati bekor qilindi
Bunga noqulay ob-havo sabab qilib keltirilmoqda.

Respublikamizda kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yo‘llarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yo‘lovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022- yilning 5- dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi.
Yo‘nalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi to‘g‘risida qo‘shimcha maʼlumot beriladi.







