16 yoshli futbolchiga 60 million yevro to‘lashmoqchi
Bu taklif “Real Madrid”ga tegishli.

Madridning “Real” klubi “Palmeyras” hujumchisi Andrikga qiziqish bildirmoqda. Tomonlar muzokaralar olib borishdi, unda ispan klubi 16 yoshli braziliyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 60 million yevro taklif qildi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining twitter sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda. “Chelsi” va “PSJ” ham Andrikni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Biroq, ular raqobatda madridliklardan ortda qolishadi.
Eslatib o‘tamiz, Endrik 2024 yilning yozida, 18 yoshga to‘lgandagina Yevropa klubi futbolchisiga aylanishi mumkin.







