Gavi Marokashning imkoniyatlarini yuqori baholadi
Bugun Ispaniya afrikaliklarga qarshi maydonga chiqadi.

Ispaniyalik yarim himoyachi Gavi Marokashga qarshi jahon chempionati 1/8 final uchrashuvi arafasida o‘z taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bu jahon chempionati, pley-off bosqichi. Marokashga qarshi juda qiyin o‘yin bo‘lishi kutilmoqda. Ularning ajoyib jamoa ekaniga allaqachon guvoh bo‘lganmiz. Men barcha jamoalarni hurmat qilaman, lekin hech kimdan qo‘rqmayman. Albatta, Braziliya favoritlardan biri, ammo ehtimoliy o‘yinimiz haqida o‘ylash befoyda. Biz bor etiborimizni keyingi raqibga qaratishimiz kerak, Yaponiyaga qarshi o‘yin buni isbotladi”, — deya Gavining so‘zlaridan “Marca” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Marokash uchrashuvi bugun bo‘lib o‘tadi.







