Grandlar futbolchi talashmoqda
U ayni damda Qatardagi mundialda ishtirok etmoqda.

“Leypsig” himoyachisi Joshko Gvardiolga Yevropaning to‘rtta top-klubi qiziqish bildirmoqda. Gap Angliyaning “Chelsi” va “Manchester Yunayted”, shuningdek, Ispaniyaning “Real” va “Barselona” jamoalari haqida ketmoqda. Bu haqda jurnalist Florian Plettenburg twitter sahifasida xabar berdi.
Gvardiol Zagrebning “Dinamo” jamoasi tarkibida 11 yil o‘ynagan. 2021 yilning yozida “Leypsig” uning shartnomasini 18,8 million yevroga sotib oldi. Gvardiolning narxi hozirda 60 million yevroga baholanmoqda. Bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda bitta gol urdi. Jamoalar o‘rtasidagi kelishuv 2027 yilda yakuniga yetadi.
Gvardiol ayni damda Xorvatiya terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatida to‘p surmoqda. Uning jamoasi chorak finalga chiqdi va u yerda Braziliya terma jamoasi bilan o‘ynaydi.







