“Barsa”ga bu futbolchi kerak emas
Uni inglizlar sotib olmoqchi.

“Barselona” yarim himoyachisi Frank Kessiyer qishki transfer oynasida ispan jamoasini tark etishi mumkin.
Avvalroq, futbolchining agenti Italiya chempionatiga qaytish haqidagi mish-mishlarni rad etib, Kessiyer kataloniyaliklar safida o‘zini yaxshi his etayotganini takidlagandi. Shunga qaramay, 25 yoshli afrikalik futbolchining “Barsa”ni tark etish ehtimoli juda yuqoriligicha qolmoqda va futbolchini sotib olmoqchi bo‘lgan klublar ro‘yxati ortib bormoqda. Xabarlarga ko‘ra, “Tottenhem” futbolchini sotib olmoqchi. Shu bilan birga, Xavi jamoasi Frenk de Yong bilan xayrlashishga qarshi emasligi taʼkidlangan.







