Eng dolzarb

BMT: Tabiat bilan “tinchlik shartnomasi” tuzish vaqti keldi

Tashkilot jahon hamjamiyatini ushbu shartnomaga qo‘shilishga chaqirdi.

BMT: Tabiat bilan “tinchlik shartnomasi” tuzish vaqti keldi

 

 Jahon hamjamiyati tabiat asrash bilan bog‘liq milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish, atrof-muhitni muhofaza qilish choralari va rivojlanayotgan mamlakatlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutadigan shartnoma tuzishi kerak. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Monrealda bioxilma-xillik bo‘yicha konferensiyada so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

 

"Tabiat bilan tinchlik bitimini tuzish vaqti keldi. Buning uchun uchta aniq harakat talab etiladi. Birinchidan, hukumatlar moliya va oziq-ovqatdan tortib energetika hamda  infratuzilmagacha bo‘lgan barcha vazirliklar uchun milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqishi kerak. Subsidiyalarni qayta yo‘naltish;  tabiatni vayron qiluvchi faoliyatdan ekologik yechimlarga soliq olishni oshirish,qayta tiklanadigan energiyaga eʼtibor qaratish, plastmassani qisqartirish lozim.

Ikkinchidan, xususiy sektor foyda va atrof-muhitni muhofaza qilish yonma-yon borishi kerakligini tan olishi kerak. Globallashgan iqtisodiyotimizda biznes va investorlar dunyoning har bir burchagida tabiat inʼomlariga tayanadilar.

Uchinchidan, rivojlangan davlatlar sayyoramizning tabiiy boyliklarining asosiy egasi bo‘lgan global Janub mamlakatlariga moliyaviy yordam ko‘rsatishi zarur. Rivojlanayotgan davlatlar bu yukni yolg‘iz o‘zi ko‘tarishini kuta olmaymiz”, — dedi tashkilot rahbari.

 

BMT Bosh kotibining fikricha, barcha mamlakatlar o‘z ekotizimlarini himoya qilish va qayta tiklash bilan birga umumiy maqsadlarni ham qo‘llab-quvvatlashi kerak.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

BMT: Tabiat bilan “tinchlik shartnomasi” tuzish vaqti keldi | Zamon.uz