Katta shaharlarda katta o‘zgarishlar davom etadi
Madridda Kroosning taqdiri hal bo‘lmoqda.

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “El Nacional” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 32 yoshli germaniyalik futbolchining xizmatlariga “Yuventus” qiziqish bildirmoqda. Kroosning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyunida tugaydi va yarim himoyachi ispan klubi bilan hamkorlikni uzaytirmoqchi emas. Kroos avvalroq “Manchester Siti” va “Bavariya”ga o‘tishni rad etgandi.
Kroos 2014 yilda “Bavariya”dan “Real”ga o‘tgan edi. Yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







