Rossiya aerodromlariga hujumlar qurolli mojaroning burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin
Ukraina qurolli kuchlari 5-6 dekabr kunlari Rossiya ichkarisidagi aerodromlarga uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujum qildi.

Ukraina qurolli kuchlari 5-6 dekabr kunlari Rossiya ichkarisidagi aerodromlarga uchuvchisiz qurilmalar yordamida hujum qildi. Hujumlar katta talafotlarga olib kelgani yo‘q: Maxar kompaniyasi tomonidan olingan sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida 5 dekabrda Saratov va Ryazandagi aerodromlarida dronlar aniq nishonga borib tegmaganini ko‘rish mumkin: ular bombardimonchi samolyotlarga urilmagan.
Shunday bo‘lsa-da, 2 ta samolyot kichik talafotga uchradi. Bunga javoban Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ushbu hodisadan bir necha soat o‘tib, o‘nlab bombardimonchi uchoqlarda ukrain shag‘arlariga qanotli raketalar bilan zarba berdi. Ammo 6 dekabrda ukrainaliklar yana bir dron yordamida Kursk aerodromiga hujum qildi. Bundan tashqari, kecha Qrimdagi Belbekda ham uchuvchisiz qurilma urib tushirilgani xabar qilindi. Bu kabi zarbalar urushda burilish nuqtasi bo‘lishi mumkin: Kiyev o‘z qanotli raketlarini ham ishga soldi va tez orada Moskvaning infratuzilmani yo‘q qilish monopoliyasnidan mahrum qilishi mumkin.
Ukraina armiyasi qanday dronlardan foydalandi?
The New York Times gazetasining Ukraina qurolli kuchlaridagi manbasi dronlar bevosita mamlakat ichidan uchirilganini aytgan. Eng uzoqda joylashgan marra — Saratov viloyatidagi Engels aerodromigagacha uchuvchisiz qurilma uchirilgan Xarkovdan bo‘lgan masofa 630 kilometrni tashkil etadi.
RF mudofaa vazirligi hujumlarda sovet davrida ishlab chiqarilgan reaktiv uchuvchisiz uchoqlardan foydalanilganini ta’kidlagan. Bu Engelsa kamera tasvilariga tushib qolgan ovozlar bilan tasdiqlangan, portlashdan sal avval reaktiv dvigatelning ovozi eshitilgan.
Sovet davrida ishlab chiqarilgan reaktiv dvigatelli dronlardan faqatgina Tu-141 «Strij»: 600 kilometrdan uzoqqa uchadi. Bu qurilma dushmanning orqa tarafini operativ razvedka qilish maqsadida 1970–yillarda ishlab chiqilgan. U tovush tezligiga yaqin tezlikda ming kilometr masofaga uchishi mumkin. Zamonaviy o‘lchovlarda mashina katta hajmli: uning uzunligi 15 metr, vazni besh tonnadan ortiq.
90 yillarga kelib «Strij» eskirdi: 2 kilometr balandlikda suratga olayotganda u havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun oson nishonga aylandi. O‘sha paytdan beri u RF va Ukraina armiyalarida zenit tizimlari uchun nishon sifatida ishlatib kelinayotgan edi. Bundan tashqari, dronning sensorlari ham eskirgan. Ammo 2017 yildan buyon ukrain armiyasi undan qayta foydalana boshladi va Donbassda razvedka maqsadlarida ishlatildi.
2022 yilning oktyabrida Kiyev o‘z dronlarini ishlab chiqarishni boshlashini va u 75 kilogrammli jangovar qism bilan ming kilometr masofaga ucha olishini e’lon qildi. 4 dekabr, aerodromlarga hujum arafasida uning sinov bosqichlari yakuniy pallada ekanligi ma’lum qilindi. Gap bu yerda Tu-141’ning chuqurlashtirilgan modernizasiyasi haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Buning uchun mamlakatda ishlab chiqarish va muhandislik bazasi bor: “Strij” Sobiq Ittifoq paytida Xarkov aviasiya zavodida ishlab chiqarilgan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qurilma yo‘nalishning ma’lum qismini 50 metr balandlikda uchib o‘tishi mumkin. bu havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi ishini og‘irlashtiradi: obyektning balandligi qancha past bo‘lsa, uning aniqlanishi va urib tushirilishi ehtimoli ham shuncha pasayadi.
«Strij» bazaviy ko‘rinishida zarba berish imkoniyatiga ega emas. Ammo Kiyev bu funksiyaning qo‘shilishiga harakat qildi: urushning dastlabki davrida Xorvatiya poytaxtiga Vinnisadan uchirilgan Tu-141 qulagan edi. Unda sapyorlar 120 kilogramm portlovchi modda zaryadini aniqlagan edi.
Zarbalar Ukraina Rossiyaning ichki hududlariga muntazam zarba berishni boshlashini anglatadimi?
Nazariy jihatdan bu kabi reaktiv kamikadze-dronlar qanotli raketalarning analogi sanaladi (jangovar qismga ega «Strij» amalda qanotli raketaning o‘zi).
Ammo Tu-141 qanday modernizasiyadan o‘tgani noma’lum; dronlarning aniq “Strij” ekanligi ham noma’lum. Agar uning asosi haqiqatdan ham ushbu qurilma bo‘lsa, 80-yillarda Xarkovdagi zavodda 150 dona shu tiplagi texnika ishlab chiqarilganini qayd etish lozim. Shu omil inobatga olinsa, Ukrainada urush sharoitida kamikadze-dronlarning keng qamrovli ishlab chiqarishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Hujumlar samarali bo‘lishi uchun o‘nlab uchuvchisiz uchoqlar bir vaqtning o‘zida zarba berishi kerak (bu havo hujmiga qarshi mudofaa tizimlarini ham “to‘ydiradi”: ularda barcha nishonlarni urib tushirish imkoni yo‘q). Rossiya Ukraina infratuzimasiga zarba berishda aynan shu taktikadan foydalanmoqda.
Bundan tashqari, qurolning barcha ehtiyot qismlari Ukrainaning o‘zida ishlab chiqarilmagan. Shu bilan birga muhim komponentlarni mamlakatning o‘zida ham yaratish mumkin; qolgan detallarni xorijdan sotib olsa bo‘ladi; Kiyev Moskvadan farqli o‘laroq, mudofaa sektoriga qarshi qaratilgan sanksiyalar ostida emas.
Ammo birinchi zarbalar qator savollarni keltirib chiqardi. Hozircha ukrain dronlarining aniqliligi haqida to‘liq xulosalar yo‘q. 5 dekabrda ular birorta samolyotni yo‘q qila olmadi. RF mudofaa vazirligi ular hvo hujumiga qarshi tizimlar yordamida urib tushirilganini aytgan, saomlyotlar ustiga esa faqat dron parchalari tushganbo‘lishi mumkin.
Nima bo‘lgan taqdirda ham bu qurilmalar Kiyev bir necha oydan buyon Gʻarbdan so‘rayotgan ATACMS raketalari o‘rini bosa olmaydi. Bu raketalarni yetkazib berishga AQSH rozi bo‘lmadi. Vashington Ukrainaning Rossiya ichkarisiga zarba berishidan xavotirda ekanini tan olgan. Bu eskalasiyaning kengayishiga olib kelishi mumkin. ATACMS o‘ta yuqori aniqlikka ega, uning jangovar qismi 560 kilogrammni tashkil etadi.
Ukraina hamon bu kabi tizimlarni qo‘lga kiritish fikridan voz kechmagan. Masalan, tez orada ukrainaliklarda Eronning Shahed-136 dronlarining analogi paydo bo‘lishi ehtimoli bor — uni ishlab chiqarish uchun mamlakatda texnik imkoniyat mavjud. Bu kabi uchuvchisiz qurilmalar reaktiv dronlarga qaraganda arzon va ommaviy zarba berish uchun qulay.
Zarbalar Rossiyaga jiddiy zara yetkazmasa-da, Kremlni ularni oldini olish uchun ko‘proq resurs jalb etishga majbur qiladi: rus armiyasi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bilan nafaqat front chizig‘ini, balki mamlakat ichkarisini ham himoya qilishni kuchaytiradi. Moskva Ukrainani ham shunga majbur qilmoqchi edi. Endilikda Kiyev kichik masshtabda bo‘lsa-da, bunga javob qaytara oladi.







