Sport

Superkompyuter Braziliyani imkoniyatlarini yuqori baholadi

Mundialning nimchorak final bellashuvlari ortda qoldi.

Superkompyuter Braziliyani imkoniyatlarini yuqori baholadi

 

Kecha Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 1/8 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi. “Five Thirty Eight” superkompyuteri jahon chempionati uchun kurashda jamoalarning imkoniyatlarini baholadi. Eslatib o‘tamiz, kompyuter jamoalarning hujum va himoyadagi kuchini aks ettiruvchi “Soccer Power Index” deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi. Jahon chempionatining chorak finaliga sakkizta jamoa chiqdi. Bular Niderlandiya, Argentina, Fransiya, Angliya, Xorvatiya, Braziliya, Marokash va Portugaliya. Superkompyuterga ko‘ra, g‘alabaga asosiy daʼvogarlar braziliyaliklardir.

 

1. Braziliya – 33%

 

1/8 finalda “pentakampeonlar” Janubiy Koreya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Guruh bosqichida braziliyaliklar olti ochko jamg‘arishdi: ular Serbiya (2:0) va Shveysariyani (1:0) hisobida yengishdi, so‘nggi turda Kamerunga (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

 

2. Portugaliya —14%

 

Pley-offning birinchi o‘yinida Krishtianu Ronaldusiz Portugaliya terma jamoasi Shveysariyani osonlikcha mag‘lub etishdi. Ular Shveysariyani 6:1 hisobida yengishdi. Guruh bosqichini Pireney yarim oroli vakillari ikkita g‘alaba bilan boshladi. Birinchi o‘yinda Gana (3:2) va ikkinchi turda Urugvay (2:0), shundan so‘ng muddatidan avval 1/8 finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritib, oxirgi bahsda Janubiy Koreya termasiga imkoniyatni boy berishdi.

 

3. Angliya — 14%

 

Inglizlar Senegalni 3:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8da hech qanday muammoga duch kelishmadi. Guruhda ham raqiblaridan yaqqol ustunlik qilishib, to‘qqizta imkoniyatdan yetti ochko jamg‘ardi. 1-turda Eronning mag‘lubiyati (6:2) AQSH bilan durang (0:0), Uelsdan (3:0) ustunlik.

4. Argentina – 13%

 

Pley-offning birinchi o‘yinida Skaloni shogirdlari Avstraliya termasidan kuchliroq bo‘lib chiqdi. Argentina turnirni Saudiya Arabistonidan sensatsion mag‘lubiyat (1:2) bilan boshlagan bo‘lsa, keyinchalik guruhdagi qolgan o‘yinlarda, Meksika va Polshada ham xuddi shunday 2:0 hisobida zafar quchdi.

 

5. Fransiya – 12%

 

1/8 finalda amaldagi jahon chempionlari polshaliklarni ishonchli tarzda mag‘lub etishdi (3:1). Fransiya guruhda muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi. Dastlabki ikki o‘yinda Dide Desham shogirdlari Avstraliya va Daniyani mag‘lub etdi. Shundan so‘ng oxirgi o‘yinda Tunisga imkoniyatni boy berildi.

 

6. Niderlandiya – 7%

 

Pley-offning ilk o‘yinida gollandlar AQSH termasini mag‘lub etishdi. Terma jamoa turnirni Senegal ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g‘alaba bilan boshlagan bo‘lsa, shundan so‘ng Ekvador bilan durang o‘ynadi (1:1), so‘ngi turda Qatar mag‘lub etildi.

 

7. Xorvatiya – 4%

 

1/8 finalda xorvatlar Yaponiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi. Guruhda jahonning amaldagi vitse-chempionlari faqat bitta o‘yinda, aniqrog‘i, 2-turda Kanadaga qarshi o‘yinda (4:1) g‘alaba qozonishgan. Bundan tashqari, ikkita golsiz durang qayd etildi. Bular Marokash va Belgiyaga qarshi.

 

8. Marokash – 3%

Afrika termasi pley-offning birinchi o‘yinida ispanlarni sensatsion tarzda mag‘lub etdi. Marokashliklar turnirni Xorvatiya termasi bilan 0:0 hisobidagi durang bilan boshlashdi. Shundan so‘ng Belgiyani (2:0) va Kanadani (2:1) hisobida mag‘lub etishdi.

 

Oldingi bashoratlar amalga oshdimi?

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq superkompyuter JCH-2022 1/8 finalining barcha o‘yinlari natijalarini bashorat qilgan edi. Unda sakkizta natijadan yettitasini to‘g‘ri aniqladi, faqat Marokash - Ispaniya juftligida xatoga yo‘l qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, chorak final bahslari 9 dekabr kuni boshlanadi.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Superkompyuter Braziliyani imkoniyatlarini yuqori baholadi | Zamon.uz