Afsonaviy futbolchining faoliyati yakunlanmoqda
Ronaldu terma jamoadan ketmoqchi.

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bosh murabbiy Fernandu Santushga murabbiy bilan mojaro tufayli terma jamoani tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Portugaliyaning “Record” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Ronaldu bu qaror haqida Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022 guruh bosqichida Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinda (1:2) almashtirilganidan keyin o‘ylagan. 37 yoshli hujumchi murabbiyning qaroridan norozi bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, o‘sha uchrashuvda Ronaldu 65-daqiqada almashtirilgandi.
1/8 finalning Shveytsariya terma jamoasiga qarshi o‘yinida (6:1) Ronaldu Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilmadi. U Portugaliya terma jamoasining Qatardagi to‘rtta o‘yinida ham maydonga tushib, bitta gol urdi.







