Germaniyaga tasalli uchun sabab topildi
Nemislar mundialdagi omadsiz ishtirokini Ispaniyaga bog‘layotgan edi.

Ispaniya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatini nimchorak finaldayoq tark etdi. Luis Enrike jamoasi marokashliklarga penaltilar ceriyasida mag‘lub bo‘ldi. Tomoshabinlar asosiy va qo‘shimcha vaqtda ham gol ko‘rishmadi, penaltilar seriyasida esa afrikaliklar g‘alaba qozonishdi.
Ispaniya va Germaniya mundialda bir guruhdan joy olgandi. So‘nggi tur oldidan nemislar Kosta-Rikani mag‘lub etgan taqdirdagina pley-offga chiqishlari mumkin edi. Shu bilan birga, parallel o‘yinda Ispaniya Yaponiyaga yutqazmasligi kerak edi. Flik shogirdlari o‘zlariga topshirilgan vazifani uddasidan chiqdilar va kosta-rikaliklarni mag‘lub etishdi (4:2), ammo ispanlar kutilmaganda osiyoliklarga imkoniyatni boy berishdi (1:2).
“Qizil furiya” Yaponiyani oldinga olib chiqdi va guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha esa nemislardan oldinda edi. Nemislarning keyingi bosqichga chiqishi Ispaniyaning qo‘lida ekanligini ko‘pchilik juda yaxshi bilardi. Chunki 1/8 finalda jamoani Xorvatiya bilan emas, Marokash bilan uchrashuv kutayotgandi. Chorak finaldagi ehtimoliy raqib braziliyaliklar emas, portugaliyaliklar bo‘lishi aniq bo‘lib borayotgandi. Ammo hammasi boshqacha bo‘lib chiqdi.
Nemis nashrlari dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi kichik post bilan cheklanib qoldi: “Ispaniya Marokashga mag‘lub bo‘ldi. Va endi u uyga ketmoqda. Adolat".
Ispaniyaning jahon chempionatini tark etishi Germaniyaga tasalli berdi. Bu futbolda qisqa muddatli turnir sharoitida hech narsani rejalashtirib bo‘lmasligini yana bir bor isbotladi. Ispanlar go‘yoki osonroq yo‘lni tanladilar va oxir-oqibat uylariga ketishdi. Luis Enrike shogirdlarining penaltidan foydalana olmaganini hayron bo‘lib kuzatar ekan, qayerda qanday xatolarga yo‘l qo‘yganini tushunib yetgan bo‘lsa kerak.
Shuni taʼkidlash kerakki, Germaniya jahon chempionatini tark etishda birinchi navbatda o‘zini ayblashi kerak. Ammo so‘nggi turda hammasi futbolchilarning qo‘lida emasdi. Agar Ispaniya hamma kutgan natijaga erishganida, Germaniya pley-offga chiqqan bo‘lardi. Biroq, so‘ngida qatarlik mutaxassislar terma jamoa bilan og‘izlarini qo‘llari bilan berkitgan holda xayrlashdi.
Endi ispanlar ham xuddi shunday taqdirga duch keldi. Ular pley-offning eng oson yo‘lini tanladilar, ammo bu ularni muvaffaqiyatga olib bormadi. Yaponiyaga mag‘lub bo‘lgan Ispaniya kuchliroq ko‘ringan xorvatlar va haddan tashqari kuchli braziliyaliklar bilan o‘ynashdan qochdi. Axir ularning ketishi nemis fiaskosiga o‘xshaydi. Ispaniyaliklar o‘yindan birorta ham gol o‘tkazmadi va penaltilar seriyasida ayanchli 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ularning yo‘li muvaffaqiyatsiz edi. Nemis muxlislarida esa tasalli uchun ozgina bo‘lsada sabab topishdi.







