Ten Xag titul yutmoqchi
Uning maqsadi jiddiy.

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag 2022/2023 yilgi mavsumning qolgan qismi uchun maqsadlarni aytdi va u buni muvaffaqiyat deb hisoblaydi.
“Birinchidan, biz klubni titullarni qo‘lga kiritishimiz mumkin bo‘lgan holatga keltirishimiz kerak. Bu bizning asosiy vazifamiz. Dekabr yoki yanvar oylarida hech bir jamoa sovrin yutmaydi. Biz aprel oyida to‘g‘ri pozitsiyani egallashimiz kerak va buning uchun harakat qilishimiz lozim. “Barselona”mi? Yevropa ligasida oramizda ajoyib jang bo‘ladi. Biz buni intiqlik bilan kutyapmiz, lekin aytganimdek, oldinda ko‘plab o‘yinlar bor va bor etiborimizni ularga qaratganmiz. Ayni damda biz bor kuchimizni ishga solamiz va ularni mag‘lub etish uchun aniq reja tuzamiz”, — deya mutaxassisning so‘zlaridan “Manchester Evening News” nashri iqtibos keltirdi.
“Manchester Yunayted” joriy mavsumda APLning 14 o‘yinida 26 ochko to‘plagan. “Mankunianliklar” turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda.







