Venger mundial bo‘yicha yangi taklif berdi
U endi jahon chempionatlarini qishda o‘tkazish kerakligini aytmoqda.

FIFAning global rivojlanish departamenti rahbari Arsen Venger jahon chempionatlarini qishda ham davom ettirishni taklif qildi.
“Agar biz futbolni demokratlashtirmoqchi bo‘lsak, yozda o‘ynash imkoni bo‘lmagan Afrika mamlakatlarida jahon chempionatlarini o‘tkazishimiz kerak. Qatarda bo‘lib o‘tayotgan turnirga ko‘ra, qishki jahon chempionati o‘zini to‘liq oqlaydigan variant ekanligini ko‘rib turibmiz. Ha, ko‘p jamoalar jismoniy jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rishga ulgurmadi. Ammo hech bo‘lmaganda barcha ishtirokchilar turnirga ruhiy jihatdan yangicha yondashishdi, avvalgi chempionatlarda bunday bo‘lmagan. Jamoalar to‘g‘ri tayyorgarlik ko‘ra olmagani uchun turnirni ruhiy jihatdan charchab boshlashardi”, — deya Vengerning so‘zlaridan “LʼÉquipe” nashri iqtibos keltirdi.







