Noyer faoliyatini yakunlashni istamayapti
U ayni vaqtda jarohat olgan.

“Bavariya” posboni Manuel Noyer faoliyatini yakunlash borasida bosh qotirayotgani yo‘q.
“Bavariya” hamda Germaniya termasining 36 yoshli posboni chang‘i uchayotib oyog‘ini sindirib olgan va mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan. Shunga qaramay u navbatdagi mavsumga “Bavariya”ning asosiy posboni sifatida qaytishni va Yevro-2024’ga borishni istamoqda.
Noyer 2009-yildan buyon Germaniya termasi tarkibida 117 o‘yinda qatnashib, 113 gol o‘tkazib yuborgan.








