Angrenda 11 tonna benzin oqib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angrenneftebazasi hududida 5000 m(kub) hajmdagi 20-sonli sig‘im (rezervuar) sifonining jo‘mragida havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sig‘imda bo‘lgan AI-80 benzin yoqilg‘i mahsuloti (11 500 litr) to‘kilgan. Sodir bo‘lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida, soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar yetkazilmagan.
Yoqilg‘i mahsulotlari to‘kilishi natijasida yomg‘ir suvi chiqadigan lotok ariqlari orqali zavod hududidan 2022 yil soat 14.00 da tashqariga sizib chiqqan.







