“Arsenal” Feliksga qiziqmoqda
U jarohat olgan Gabriyel Jezusning o‘rnini bosishi mumkin.

“Arsenal” qishki transfer oynasida Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Joau Feliksni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Portugaliyalik futbolchi jamoada jarohat olgan Gabriyel Jezusning o‘rnini egallashi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar bermoqda.
Oldinroq “Atletiko” 23 yoshli futbolchini sotishga tayyorligi va uning transferi uchun 2019 yilda Feliks uchun “Benfika”ga to‘langan 120 million yevroni so‘ragani xabar qilingandi. “Arsenal” futbolchi uchun katta pul sarflashi mumkin.
23 yoshli Feliks Portugaliya termasi jamoasi safida Qatardagi jahon chempionatining to‘rtta o‘yinida bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qildi.







