“Yaqinda ko‘rishguncha do‘stim”
Hakimi Mbappega murojaat qildi.

Marokash terma jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi JCH-2022 yarim finalida Fransiyaga qarshi o‘yin oldidan o‘zining “PSJ”dagi sherigi Kilian Mbappega murojaat qildi.
“Yaqinda ko‘rishguncha do‘stim”, — deb yozdi Hakimi. Mbappe ham bu postga o‘z munosabatini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, marokashliklar chorak finalda Portugaliya terma jamoasini mag‘lub etishgandi. Yarim finalda Valid Regraga shogirdlari amaldagi jahon chempioni Fransiya bilan kuch sinashadi. Yana bir yarim final uchrashuvida Argentina va Xorvatiya terma jamoalari to‘qnash kelishadi. Jahon chempionati finali 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchinchi o‘rin uchun bahs bir kun avval o‘tkaziladi.







