Balotelli Ronalduni nega hurmat qilishini aytdi
U Krishtianuning muxlisi emas.

“Sion”ning italiyalik hujumchisi Mario Balotelli Portugaliya terma jamoasi safida Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCH-2022ni tark etgan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.
“Men Krishtianuning muxlisi emasman, buni hamma biladi, lekin futbol uchun qilgan ishlari uchun bu yigit ko‘proq hurmatga loyiq”, — deya Balotelli ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga post joyladi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 1/4 finalida Portugaliya terma jamoasi Marokash terma jamoasiga mag‘lub bo‘lgandi. Uchrashuv Dohadagi “El Tumama” stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:0 hisobida Marokash jamoasi foydasiga hal bo‘ldi. Ronaldu ushbu uchrashuvda Portugaliya terma jamoasining asosiy tarkibiga kiritilmadi va o‘yinning 51-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi.







