Argentinalik muxlislarga nisbatan kuch ishlatildi
Kecha Messi boshchiligidagi jamoa final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Kecha oqshom Qatarda bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining yarim finalida Argentina Xorvatiyani 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Shu tariqa janubiy amerikaliklar musobaqaning final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Shundan so‘ng o‘n minglab argentinalik muxlislar terma jamoaning jahon chempionati finaliga chiqqanini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqishdi. Oqibatda katta tiqilinch hosil bo‘ldi. Uning oldini olish uchun politsiya Buenos-Ayres markazida gaz ishlatdi va ko‘chalarning bir qismini to‘sib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, mundialning ikkinchi yarim final o‘yini bugun bo‘lib o‘tadi. Unda Fransiya va Marokash termalari kuch sinashadi.







