“Messi jahon chempioni bo‘lishi kerak”
Roy Kin Leoga final o‘yinida omad tiladi.

“Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi Roy Kin Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messiga JCH-2022da g‘alaba tiladi.
“Umid qilamanki, Messi jahon chempionatini yutadi. Bu yutuq uning karerasi uchun juda muhim. Bunday futbolchining o‘yinini ko‘rish haqiqiy baxt”, — dedi “Manchester Yunayted”ning sobiq yarim himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, kecha Argentina hamda Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasida Qatar jahon chempionati yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yin Lusail shahridagi “Lusail Iconic Stadium”da bo‘lib o‘tdi. Qarama-qarshilik 3:0 hisobida Janubiy Amerika jamoasi foydasiga hal bo‘ldi.







