“Biz favoritmiz”
Fransiya prezidenti jahon chempionatining finali haqida gapirdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tadigan Fransiya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi jahon chempionati finali haqida o‘zining taxminlarini aytdi.
“Faqat yakshanba kuni ertalab batafsil prognoz qilishga tayyorman. O‘ylashimcha, biz favoritmiz, ammo argentinaliklar har bir o‘yinda yaxshiroq o‘ynashmoqda, ularning jamoasi kuchaymoqda. Menimcha, ularning tarkibi biznikidan kuchli emas. O‘ylaymanki, biz g‘alaba qozonamiz va ko‘proq gol urishga erishamiz”, — deya Makronning so‘zlaridan “LʼEquipe” nashri iqtibos keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, 18 dekabr kuni jahon chempionati finalida Fransiya va Argentina terma jamoalari bahs olib boradi.







