Emmanuel Makron Marokash futbolchisini maqtadi
Fransiya prezidenti jamoaning kiyim almashtirish xonasiga tashrif buyurdi.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Qatarda bo‘lib o‘tgan JCH-2022 yarim finalida Marokash ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) afrikaliklarning kiyim almashtirish xonasiga tashrif buyurdi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, 44 yoshli siyosatchi butun jamoa oldida marokashlik yarim himoyachi Sofyan Amrabatga murojaat qilib, jahon chempionatining eng yaxshi yarim himoyachisi ekanligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati finalida fransuzlar argentinaliklar bilan o‘ynaydi. O‘yin 18 dekabrga belgilangan. Marokash terma jamoasi Xorvatiya bilan uchinchi o‘rin uchun bahsda kurash olib boradi.







