Sport

“Messi jahon chempioni bo‘lsa yaxshi bo‘lardi”

Kroos jahon chempionatida kimga muxlislik qilishini aytdi.

“Messi jahon chempioni bo‘lsa yaxshi bo‘lardi”

 

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati finalida kimga muxlislik qilishi mumkinligini aytdi.

 

“Jahon chempionati finalida kimga muxlislik qilaman? Agar shaxsiy sabablar haqida gapiradigan bo‘lsak, ikki jamoadoshim Fransiya terma jamoasida o‘ynaydi (yarim himoyachilar Aureliyen Tchuameni va Eduardo Kamavinga). Biroq, Messidek futbolchi jahon chempionligini qo‘lga kiritsa yaxshi bo‘lardi”, — deya Kroosning so‘zlaridan “Real Total” nashri iqtibos keltirdi.

 

Argentina terma jamoasi JCH-2022 finalida Fransiya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. O‘yin 18 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

 

“Messi jahon chempioni bo‘lsa yaxshi bo‘lardi” | Zamon.uz