Sport

Argentinalik futbolchi uchun katta pul so‘rashmoqda

U hozir jahon chempionatida to‘rtda gol urgan.

Argentinalik futbolchi uchun katta pul so‘rashmoqda

 

Enso Fernandes Argentina terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatidagi yetakchilaridan biri. 21 yoshli yarim himoyachi turnirda ikki marta zahiradan maydonga tushurildi. U birinchi Meksikaga qarshi o‘yinda gol urdi va Polshaga golli uzatma berdi. Keyinchalik boshqa o‘yinlarda asosiy tarkibda tusha boshladi.

 

Ayni vaqtda transfermarkt portali tomonidan 35 million yevroga baholangan “Benfika” futbolchisiga bir qancha top-klublar qiziqish bildirmoqda. “Liverpul” ushbu raqobatda kuchlilik qilmoqda.

 

“Liverpul” Enso Fernandesni sotib olmoqchi

 

2022 yilning yozida argentinalik futbolchi 12 million yevro evaziga “River Pleyt”dan “Benfika”ga o‘tdi. Enso Fernandes klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi va mavsumning birinchi qismida Portugaliya klubi yetakchisiga aylandi.  U 24 ta o‘yindan 24 tasida maydonga tushdi. Chempionlar ligasida  “PSJ” va “Yuventus”ga qarshi o‘yinlarda uchta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Jahon chempionatida yarim himoyachi Argentina tarixida Lionel Messidan keyin maydonga tushgan eng yosh futbolchi bo‘ldi. Polsha bilan uchrashuvda Enco 21 yoshu 317 kunlik edi.

 

Yarim himoyachiga qiziqish jahon chempionati boshlanishidan oldin ham kuzatila boshlagan. Enso Fernandesga “Liverpul”, “Manchester Siti”, “Barselona” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda.

 

Jahon chempionati boshlangandan so‘ng, Enso Fernandesga “Real” va “Liverpul” yaqinroqdan qiziqish bildirayotgani maʼlum bo‘ldi. “Marca” nashri xabariga ko‘ra, madridliklar futbolchini Jude Bellingemga muqobil o‘yinchi sifatida ko‘rmoqda. Ammo 100 million yevrolik narxdan qo‘rqishmoqda. Fabritsio Romanoning aytishicha, “Benfika” Fernandesni qishda sotishga tayyor emas. Taʼkidlanishicha, futbolchining tovon puli 120 million yevroni tashkil qiladi.

 

“Liverpul” futbolchini sotib olishi aniq bo‘lib bormoqda. “ESPN” muxbiri Gustavo Jarroxning xabar berishicha, “mersisaydliklar” futbolchi bilan shaxsiy shartlarni muhokama qilmoqda. Tomonlar kelishuvga juda yaqin. “Liverpul” 120 millionlik yevrolik tovon pulini to‘lamoqchi. Portugaliyaning “Record” nashri ham xuddi shunday maʼlumotni tasdiqladi. Ularning yozishicha, “Liverpul” allaqachon Enso bilan dastlabki kelishuvga erishgan. Agar transfer amalga oshsa, shartnomaning 25% “River Pleyt”ga tushadi.

 

Agar bu amalga oshsa, Enso Fernandesning “Liverpul”ga o‘tishi ingliz klubi uchun rekord darajadagi summa bo‘ladi. “Mersisaydliklar” hozirgacha Virjil van Deyk (84,65 mln yevro) uchun “Sautgempton”ga eng ko‘p pul to‘lagan. Argentinalik futbolchi Klopp jamoasida Aleks Oksleyd-Chemberlen, Kertis Jons, Nabi Keyta, Tiago Alkantara, Jordan Henderson va Jeyms Milner bilan raqobatga kirishadi. Eslatib o‘tamiz, yozda Keyt, Milner va Oksleyd-Chemberlenning shartnomalari tugaydi. Bu esa raqobatni zaiflashtirishi va yangi kelgan futbolchining tarkibda tezda o‘z o‘rnini topishiga yordam berishi mumkin.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Argentinalik futbolchi uchun katta pul so‘rashmoqda | Zamon.uz