“Milan” “Emirates bilan shartnomani uzaytirdi
Kelishuv 6 yilga mo‘ljallangan.

“Milan” klubi o‘zining rasmiy saytida “Emirates” bilan hamkorlikni uzaytirishini eʼlon qildi. Tomonlarning yangi shartnomasi olti yilga mo‘ljallangan.
“Emirates” brendi “rossonerilar” formasining old tomoniga tushurilgan. Eslatib o‘tamiz, “Milan” va “Emirates” o‘rtasidagi hamkorlik 17 yildan ortiq davom etib kelmoqda. Birinchi shartnoma 2007 yilning sentyabrida imzolangan.







