Ronaldu Madriddan Dubayga uchib ketdi
Bu nimani anglatadi?

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Madriddan Dubayga uchib ketdi. Bu haqda “DAZN” platformasi jurnalisti Serxio Quirante maʼlum qildi.
Ronaldu Madridni tark etdi, u yerda yangi klub bilan shartnoma imzolashdan oldin formasini saqlab qolish uchun "Real Madrid" bazasida mashg‘ulot o‘tkazdi. Ronaldu Dubayga shaxsiy samolyotda uchib ketgan. Mish-mishlarga ko‘ra, 37 yoshli hujumchi Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Portugaliyalik futbolchiga mavsumiga 200 million yevro maosh bilan 2,5 yillik shartnoma taklif qilinmoqda.







