Ziyesh 325 000 dollar mukofot pulini muhtojlarga xayriya qildi
U pullarning bir dollarini ham o‘zi uchun ishlatmagan.

“Chelsi” yarim himoyachisi va Marokash terma jamoasi yarim himoyachisi Hakim Ziyesh JCH-2022 uchun olgan 325 ming dollar mukofot pulini o‘z mamlakatidagi muhtojlarga xayriya qildi. Bu haqda insayder Xolid Beydun o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
Hujumkor futbolchi terma jamoadagi o‘yinlari uchun ishlab topgan bir dollarini ham o‘zi uchun ishlatmagan. Olingan barcha mablag‘larni jamoa xodimlari va o‘z vatanidagi kam taʼminlangan oilalarga bergan. Hakim Gollandiyada tug‘ilgan bo‘lsada, 2015 yildan beri Marokash terma jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqda.







