Eng dolzarb

O‘zbekiston diplomatlari Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolarga yordam berishdi

Bu haqda Bosh konsulxona ishonch telefoniga xabar kelib tushgan.

O‘zbekiston diplomatlari Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolarga yordam berishdi

 

O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ishonch telefoniga “Tolmachevo” xalqaro aeroportida 160 nafardan ziyod fuqarolar to‘planib qolgani va ular amaliy yordamga muhtojligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

 

Bosh konsulxona xodimlari “Tolmachevo” aeroportiga yetib borib, O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashib, vaziyat haqida to‘liq maʼlumot oldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, “S7 Airlines” aviakompaniyasi tomonidan 13 dekabr kuni “Novosibirsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha rejalashtirilgan parvoz noqulay ob-havo sharoiti sababli vaqtincha bekor qilingan.

 

Bosh konsulxona Novosibirsk viloyati Transport prokuraturasi, “S7 Airlines” aviakompaniyasi, “Tolmachevo” aeroporti rahbariyati bilan muloqot olib borib, qoldirilgan parvozni tezkor tarzda tiklash chorasi ko‘rildi. Xususan, FVV, “Namangan” xalqaro aeroporti vakillaridan parvozni amalga oshirishga ruxsat beruvchi zarur maʼlumotlar taqdim etilishiga ko‘maklashildi.

 

Ko‘rilgan saʼy-harakatlar natijasida “Novosibirsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvoz tiklanib, 160 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekiston diplomatlari Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolarga yordam berishdi | Zamon.uz