Pol Pogba finalda qatnashish uchun ruxsat oldi
U o‘yinni o‘kazib darrov uyiga qaytadi.

“Yuventus”ning fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba klubdan JCH-2022 finali Argentina – Fransiya o‘yini uchun Qatarga borishga ruxsat oldi. Bu haqda “La Repubblica” nashri xabar berdi.
Futbolchi final o‘yinini tribunadan tomosha qilish uchun Qatarga yo‘l oladi. Qayd etilishicha, Pogba JCH-2022 yakunlanganidan bir kun o‘tib Turinga qaytadi. Eslatib o‘tamiz, JCH-2022 final uchrashuvi Argentina - Fransiya ertaga o‘rtasidagi bahs Lusail shahridagi “Lusail Aikonik” stadionida bo‘lib o‘tadi.







