Eng dolzarb

Putin generallari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

Kreml RF Prezidenti kecha maxsus shtabda Ukrainadagi harbiy harakatlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilganini maʼlum qilgan.

Putin generallari bilan yig‘ilish o‘tkazdi

 

Vladimir Putin “maxsus harbiy amaliyot” doirasida harakatlanayotgan qo‘shin turlarining birlashgan shtabiga tashrif buyurdi. Bu haqda qator Rossiya axborot agentliklari xabar berdi.

 

RF Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin kecha kun bo‘yi ushbu shtabda yig‘ilish o‘tkazgan. Yig‘ilish davomida “harbiy amaliyot” bo‘yicha hisobotlarni tinglagan va qo‘mondonlar bilan uchrashgan.

 

Rossiya telekanallarida namoyish etilgan kadrlarda Prezidentning yonida mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovlarni ko‘rish mumkin. Kreml nomi tilga olingan shtab qayerda joylashganiga aniqlik kiritmagan.

 

Shu bilan birga Putin harbiy harakatlarning yaqin va o‘rta istiqbollari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishini aytgan.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"