Argentina jahon chempioni
Janubiy Amerikaliklar finalda Fransiyani mag‘lub etdi.

Biroz avval Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining final o‘yini yakunlandi.
Unda Fransiya va Argentina terma jamoalari bahs olib bordi. Natijada Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi yevropaliklarni penaltilar seriyasida mag‘lub etdi. Shu tariqa Argentina uchinchi bor jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.








