Sport

Mundialning ramziy jamoasi tuzildi

Unda eng yuqori balni Messi to‘pladi.

Mundialning ramziy jamoasi tuzildi

 

“WhoScored” internet portali 2022 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining ramziy terma jamoasini tuzib chiqdi.

 

Terma jamoa tarkibiga 11 nafar futbolchi kirdi: har bir pozitsiya uchun bittadan futbolchi joy olgan. Turnir yakunidagi eng yaxshi ballni (8,2) birdaniga ikki futbolchi – argentinalik Lionel Messi va portugaliyalik Bruno Fernandesh olishdi. Ikkinchi eng yuqori ball (8,0) fransiyalik Kilian Mbappega tegishli.

 

2022 yilgi jahon chempionatining ramziy terma jamoasi quyidagicha:

 

Darvozabon: Voytsex Shesni (Polsha, 7,9);

 

Himoyachilar: Teo Ernandes (Fransiya, 7,2), Rodri (Ispaniya, 7,4), Garri Maguayr (Angliya, 7,4), Ashraf Hakimi (Marokash, 7,0).

 

Yarim himoyachilar: Kilian Mbappe (Fransiya, 8,0), Kazemiro (Braziliya, 7,5), Jude Bellingem (Angliya, 7,6), Bruno Fernandes (Portugaliya, 8,2);

 

Hujumchilar: Antuan Grizmann (Fransiya, 7,5), Lionel Messi (Argentina, 8,2).

 

Mundialning ramziy jamoasi tuzildi | Zamon.uz