Nadal Argentinani tabrikladi
U chempionlikni munosib tarzda nishonlash kerakligini aytgan.

Ispaniyalik tennischi, “Katta Dubulg‘a”ning 22 karra g‘olibi Rafael Nadal Argentina terma jamoasining jahon chempionati finalida Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.
“Tabriklaymiz Argentina!!! Ko‘plab argentinalik do‘stlar uchun juda xursandman! Chempionlikni nishonlang”, — deb yozdi Nadal ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Uchrashuv davomida argentinalik futbolchilar ustunlik qilishdi. Biroq, har ikki safar ham ustunlikni qo‘ldan boy berdi. Uchrashuv g‘oliblari Anxel Di Mariya va jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi Lionel Messi gol urishdi. Fransuzlar uchun turnirning eng yaxshi to‘purari Kilian Mbappe xet-trik qayd etdi.







