“Al-Nasr” Ronalduni kutyapti
Klub futbolchini yil oxiriga qadar o‘z tarkibiga qo‘shib olmoqchi.

Saudiya Arabistoning “Al-Nasr” klubi hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoaga 2022 yilning oxiriga qadar qo‘shilishini kutmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli futbolchi bilan 2025 yilning yoziga qadar shartnoma imzolash rejalashtirilgan. Unga ko‘ra futbolchi har mavsumda 200 million yevro maosh oladi.







