Sport

Bir ertakning baxtli yakuni

Hammasi o‘n olti yil ilgari boshlangandi.

Bir ertakning baxtli yakuni

 

Ertaklar bir bor ekan bir yo‘q ekan deb boshlanib yakunda barcha qahramonlar murod-maqsadiga yetadi. Yaʼni unda doim ezgulik va yovuzlikning bir-biriga qarshi kurashi tasvirlanadi va oxirida ezgulik g‘alaba qozonadi.

 

Bir oy davomida Qatar mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha jahon chempionatida muxlislar yana bir ertakning go‘zal yakuniga guvoh bo‘lishdi. Ertak davomida qahramonlar qanchadan-qancha dovonlarni oshib o‘tishiga, tog‘u toshlar oralab yurishiga to‘g‘ri keldi. Oxirida ularning barchasi o‘z niyatlariga erishishdi. Voqealar rivoji bir necha yil davomida muxlislarni hayajonda ushlab turdi. Baʼzi joylarda qahramonlar bu kurashda ojizdek ko‘rindi. Biroq, har ertakning yakuni ezgulik bilan tugashi kerak edi. Va shunday ham bo‘ldi.

 

2006-yil Argentina safida o‘zining birinchi jahon chempionatida ishtirok etgan Lionel Messi atigi 19 yoshda edi. Bu mundial yosh yulduz uchun tajriba maydonchasi bo‘lib xizmat qildi. Faoliyatida keskin o‘sish kuzatilayotgan va yaqinda jahon futbolining yorqin yulduzi bo‘lishi kutilayotgan futbolchi Argentina termasining kelajagi edi. 2008 yil Pekinda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida terma jamoasi bilan oltin medalni qo‘lga kiritadi. Biroq, milliy jamoadagi o‘yinlar u uchun omadsiz o‘tadi. Dastlabki yillarda terma jamoada unchalik ishlari yurishmagan futbolchi klublar miqyosidagi turnirlarning eng yorqin futbolchisiga aylanadi. 2009-2010-yilgi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritadi. Jamoasining g‘alabalariga munosib hissa qo‘shgan Messi 22 yoshida birinchi “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritadi. Shundan so‘ng ertakning asosiy qahramoni sahnaga chiqib keladi. Mana shu yildan keyin uning faoliyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘la boshlaydi. Klub doirasida barcha mukofotlarga birin-ketin egalik qila boshlaydi. Biroq, argentinalik muxlislar qahramonidan boshqa narsa kutishardi. U ham bo‘lsa, jahon chempionati kubogi edi. Sababi, 1986-yil afsonaviy Maradona tortiq etgan g‘alabadan so‘ng terma jamoa mundiallarda muvaffaqiyatsiz ishtirok etib kelardi.

 

2010-yili Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon birinchiligi ham janubiy amerikaliklar uchun omadsiz yakunlanadi. Termadagi jamoaviylik va futbolchilarning bir-birini unchalik tushunmay harakat qilishi pand beradi. Messining yakka o‘zi jamoani g‘alaba sari yetaklay olmaydi. Yakunda pley-offda Germaniyaga 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan Argentina uchun turnir alamli tarzda yakunlanadi. Muxlislarning esa qahramonga bo‘lgan ishonchi pasayadi. Biroq, bu qahramon Yevropa maydonlarida tobora porlayveradi. Millardlab muxlislarga ega bo‘ladi. Gvardiola boshchiligidagi “Barselona”ning eng yorqin yulduziga aylanadi. Ana o‘sha yillari Ispaniyada “Manchester Yunayted”dan “Real Madrid”ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronaldu bilan asosiy raqobatda kirishadi. “Barselona” safida 2010-2011-yilgi mavsumda ham Yevropada tengsiz deb topiladi. Shuningdek, o‘sha yili "Oltin to‘p" sohibiga aylanadi, bundan tashqari 2011-2012-yillar ham ushbu mukofotga ega chiqadi. Futbolchi yigirma besh yoshgacha to‘rt bor dunyoning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritadi. Bu vaqtga kelib bir qancha rekordlarni qayd etgan hujumchi klublar doirasidagi barcha sovrinlarni qo‘lga kiritadi. 2010-yilgi mundialdagi omadsiz ishtirokdan so‘ng, Messining asosiy maqsadi 2014 yili Braziliyada o‘tadigan jahon chempionatida chempion bo‘lish edi. O‘sha davrda Argentina terma jamoasida yetishib chiqqan bir qancha iqtidorli futbolchilar sabab jamoa musobaqaning asosiy favoritlaridan biri deb eʼtirof etiladi. Messining eng yorqin davriga to‘g‘ri kelgan musobaqa, hujumchi uchun yaxshi imkoniyat edi. Musobaqa guruh bosqichining barcha o‘yinlarida g‘alaba qozongan Argentina chindan ham turnir g‘olibligi uchun asosiy davogar ekanligini isbotlaydi. Nimchorak va chorak finalda Shveysariya va “Oltin” avlodi bor Belgiyani mag‘lub etgan junubiy amerikaliklarga yarim finalda Niderlandiya raqiblik qiladi. To‘qnashuvda Messi boshchiligidagi jamoa yevropaliklarni penaltilar ceriyasida mag‘lub etishdi. Shu tariqa muxlislar kutgan final bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritildi. Jamoaning o‘sha vaqtdagi yutuqlarida Messining juda katta o‘rni bor edi. Biroq, finalda har tomonlama jamoaviy futbol namoyish etgan Germaniya g‘alabani o‘ziniki qiladi. Shundan so‘ng argentinalik muxlislarning Leoga munosabati yana keskinlashadi. Futbolchi kuchli tanqidlar ostida qoladi. Bu biz hikoya qilayotgan ertak qahramonining navbatdagi mag‘lubiyati edi. Mana shu muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng terma jamoa uchun ketma-ket omadsiz musobaqalar boshlanadi. Qahramonimiz endi muxlislardan bitta chempionlik qarz ekanini his etadi. Ammo, barcha harakatlar samarasiz yakunlanadi. 2015-2016 yillari o‘tkazilgan Amerika kubogining final bahslarida omad undan chindan yuz ugiradi. Har ikkila finalda ham Argentina raqibiga alamli tarzda mag‘lub bo‘ladi. 2016-yilgi finalda Chiliga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgandi. Sababi, u finalda penaltilar seriyasida muhim golni ura olmaydi. Futbolchi o‘shanda shunday degandi: “Qaror qabul qilindi. Men terma jamoa bilan sovrin yutish uchun juda qattiq harakat qildim. Bu safar ham omadimiz kelmaganidan juda qayg‘udaman. Men juda muhim penaltini amalga oshira olmadim. Terma jamoa bilan 4 marta finalda yutqazdim. Jamoa bugun g‘alaba qozonish uchun juda harakat qildi. Men ham… Lekin bo‘ladigan ish bo‘ldi. Argentina bilan chempion bo‘lishni juda ham istagandim, ammo bunga erisha olmadim”, – degan Messi. Biroq, o‘shanda hujumchining bu qaroridan qaytarishga ko‘plab insonlar harakat qilishdi. Ular orasida Lionel Skaloni ham bor edi. Argentinaga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan Skaloni o‘shanda Messini ko‘p narsaga ishontiradi. Bugungi kunga kelib murabbiy o‘z vadasining ustidan chiqdi. Olti yil o‘tgach, 44 yoshli mutaxassis Argentina terma jamoasi ustozi sifatida Messiga uchta xalqaro sovrinni qo‘lga kiritishga yordam berdi. Ular Kopa Amerika-2021, Finalissima-2022, JCH-2022. Bir necha bor qoqilib yana qayta turgan Lionel Messini qo‘llab-quvvatlaydiganlar ko‘paydi. Shularning ko‘makida ertak yaxshilik bilan yakunlandi. Qatardagi mundialni mag‘lubiyat bilan boshlagan Argentina natijada jahon chempioniga aylandi. O‘yindan-o‘yinga kuchaya borgan jamoa g‘oliblik uchun munosib harakat qildi. Bundan tashqari final bahsida Fransiyadan ko‘ra g‘alabaga ko‘proq loyiq edi. Turnir davomida yettita gol urgan Messi bir qator rekordlarni yangilab tashladi. Xususan, jahon chempionatlarida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilardan biriga aylandi, bundan tashqari Argentina terma jamoasi tarkibida jahon chempionatlarida eng ko‘p gol urgan hujumchiga aylandi.

 

Bir vaqtlar afsonaviy Maradona Argentinaga jahon chempionligini taqdim etgandi. Endi esa bu ishni Lionel Messi degan necha yillardan beri terma miqyosida tanqidlarga uchrab kelgan yangi bir qirol bajarib berdi. Dunyo futbol olamida u butun futbol tarixida Pele, Marodanalardan ham kuchliroq ekani haqida gapirishmoqda. Chindan ham shunday. Messi bir futbolchi qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega bo‘ldi. Klubdagi g‘alabalar bilan boshlangan qahramonimiz ishtirokidagi ertak terma jamoadagi betakror o‘yinlar va muhim g‘alaba bilan yakunlandi. Aslida ham shunday bo‘lishi kerak edi. Messi jamoada bir necha yil chempion sifatida to‘p surishini maʼlum qildi. Unga endi hamma narsa yarashaveradi. Muhimi muxlislar qalbini zabt etgan ertak qahramoni ularning butun bir ishonchini ham qozonishga muvaffaq bo‘ldi. Futbolchiga o‘zi mana shu kerak edi. Endi Messini Ronaldu bilan taqqoslashlar ham tugasa ajab emas. Sababi faqat uning ertagi chiroyli chempionlik bilan tugallanmoqda.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Bir ertakning baxtli yakuni | Zamon.uz