Sport

Fransiya keyingi 10 yil ichida eng kuchli jamoa bo‘ladi

Jamoada “Robot” futbolchilar yetishib chiqmoqda.

Fransiya keyingi 10 yil ichida eng kuchli jamoa bo‘ladi

 

Fransiya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi jahon chempionatida g‘alaba qozonishga juda yaqin keldi. Va ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, jamoa musobaqa g‘olibligi uchun asosiy davogarlardan biri edi. Agar siz finaldagi natijani hisobga olmagan holda jamoa tarkibiga qarasangiz, yulduz futbolchilarning aksariyati juda yosh ekanligini ko‘rishingiz mumkin.

 

Ular hal qiluvchi uchrashuvga aʼlo darajada tayyorgarlik ko‘rishdi. Shu bois yarim finalda Marokash bilan oson o‘yin o‘tkazishdi. Mbappe esa, umuman olganda, chorak finaldan dam oldi. U Angliya bilan bahsda ajoyib o‘yin o‘tkazdi.

 

Mutaxasislarning fikricha, keyingi o‘n yil futbol olamida Fransiya hukmronligi davri bo‘ladi. Buning bitta, lekin muhim sababi bor: Kilian Mbappe tez orada rasman dunyoning eng yaxshi futbolchisiga aylanadi. Bugun hujumchi 24 yoshga to‘ldi. 2026 yilgi jahon chempionatida u 27 yoshda, 2030-yilgi jahon chempionatida esa 31 yoshda bo‘ladi. 2034-yilda esa 35 ga kiradi. Va futbolchi bu vaqtga kelib, terma jamoadagi faoliyatini yakunlamaydi. U bilan birga terma jamoada yana bir qancha yosh iqtidorli futbolchilar bor. Mundialdagi finalda zahiradan maydonga tushganlarning deyarli barchasi asosiy yulduz bilan bir xil yoshda. Kamavinga, Thuram, Koman, Kolo Muani, Konate - bularning barchasi yoshi ulg‘ayib qolgan hozirgi futbolchilarni almashtirishga tayyor turibdi. Shuningdek bu futbolchilar ulardan yana-da kuchliroq bo‘ladi.

 

Tez orada Desham (agar u termada qolsa) Mbappeni hujum markaziga o‘tkazishi mumkin. Biz esa Ronaldudan keyin terma jamoa darajasidagi eng kuchli “to‘qqizlikni” ko‘ramiz. Umuman olganda, fransuz murabbiyi bunday resurslar bilan o‘yinni juda soddalashtiryapti degan fikr bor. Demak, uning ketishiga hali erta. Desham yangi g‘alabalarni yutish uchun hamma narsaga ega.

 

Braziliya Fransiyaga asosiy raqobatchi bo‘lishi kutilyapti. Sababi jamoada anʼanaviy ravishda har doim isteʼdodlar yetishib chiqadi. Biroq bugungi Fransiyadagi futbolchilar sovuq qonli “robotlar” bo‘lib, ular bir necha yilda bir marta qayta ishga tushadi. Va bu Argentina bilan o‘yinning dastlabki 80 daqiqasida sodir bo‘ldi. Undan oldin esa Shveysariya bilan Yevro-2020 pley-offida.

 

Braziliyaga doim ruhiy jihatdan kuchli futbolchilar yetishmaydi. Fransiyada esa ular juda ko‘p. Bu ikkisiga raqib Ispaniya ham bo‘lishi mumkin. Biroq, bu jamoada ham yosh futbolchilar yuqori darajaga erisha oladimi degan savol tug‘iladi. Bundan tashqari Messi, Di Mariya va De Paulaga tayanadigan Argentina bor. Ammo Argentinaning ikki futbolchisi 2026 yilda o‘ynamasligi aniq.

 

Shundan bilish mumkinki, hozirda Fransiya dunyoning eng muvozanatli jamoasi. Yaqin 10 yil ichida Yevropa va jahon futboli rivojini belgilab beradigan mukammal jamoa. Ularda Mbappe va uning bir qancha sheriklari bor.

 

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Fransiya keyingi 10 yil ichida eng kuchli jamoa bo‘ladi | Zamon.uz