“Hech qachon o‘zimni boshqalar bilan solishtirmayman”
Holand futbol olamida yangi davr boshlanayotganiga ishora qildi.

“Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand “PSJ” hujumchisi Kilian Mbappe bilan raqobat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Futbol ekspertlari aynan 22 yoshli norvegiyalik va 24 yoshli fransuz hujumchisi yaqin yillar ichida futbol olamining yangi “Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi”siga aylanishini taxmin qilishdi.
“Ronaldu va Messi muvaffaqiyatlari bilan bir-biriga turtki bo‘lgani kabi, Mbappe bilan raqobatim ham ijobiy natija berishi mumkin, ammo men hech qachon o‘zimni boshqalar bilan solishtirmayman”, — dedi Holand.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatida Kilian Fransiya terma jamoasida o‘ynab, turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. “Uch ranglilar” jahon chempionati finaliga qadar yetib borishdi va Argentina terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lishdi. Norvegiyaliklar Holand bilan birgalikda jahon chempionatining final bosqichiga chiqa olishmadi.







