Sport

“Yuventus” Yevropa musobaqalaridan chetlashtirilishi mumkin

Klub ustidan tergov ishlari boshlangan.

“Yuventus” Yevropa musobaqalaridan chetlashtirilishi mumkin

 

Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi “Yuventus”ni Yevrokuboklardagi ishtirokidan chetlashtirishi mumkin. Bu haqda  “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

 

Manbaga ko‘ra, moliyaviy qoidabuzarliklar fakti tasdiqlansa, “Yuventus”ga nisbatan xalqaro turnirlardan chetlashtirish ko‘rinishidagi sanksiya qo‘llaniladi. Ayni damda klub ustidan tergov ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAV koronavirus pandemiyasi davrida “Yuventus” o‘z futbolchilariga yashirincha maosh to‘lagani haqida xabar bergan edi, garchi klub o‘yinchilari puldan vaqtinchalik voz kechganini ochiq eʼlon qilgan bo‘lsada. “Keksa sinora” 17 nafar futbolchiga 60 million yevroga yaqin maosh to‘lagan. Ommada futbolchilar maoshdan bosh tortgani haqida eʼlon qilinganiga qaramay, “Yuve” rahbariyati o‘yinchilar bilan yashirin shartnomalar tuzib, katta mablag‘ to‘lashgan.

 

“Yuventus” Yevropa musobaqalaridan chetlashtirilishi mumkin | Zamon.uz