Zidan Deshamning o‘rnini egallamaydi
U Italiyaga ketadi.

Madridning “Real” klubi sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan agar Dide Desham Fransiya terma jamoasida qolsa, klub futbolida ish izlaydi. Bu haqda “LʼEquipe” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Desham Fransiya terma jamoasi bilan yangi shartnoma tuzsa, 50 yoshli mutaxassis Italiyaning “Yuventus” klubida ishlash uchun jalb etilishi mumkin. Zidan 1996 yildan 2001 yilgacha “keksa sinyora”da futbolchi sifatida o‘ynagan.
Fransiyalik murabbiy 2021 yilning may oyida “Real”ni tark etgandi. U klubda 2016 yildan 2018 yilgacha ishlagan va 2019 yilda yana qaytib kelgandi. Uning qo‘l ostida jamoa uch marta Chempionlar ligasi, ikki marta Ispaniya chempionati, ikki marta Ispaniya Superkubogi, ikki marta UEFA Superkubogi va ikki marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqdi.







