Kelishuv yaqin vaqt ichida tuzilishi mumkin
Arablar Ronalduga yana bitta taklif tavsiya etdi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu Saudiyaning “An-Nasr” klubi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolaydi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, 37 yoshli portugaliyalik futbolchi ikki yarim yilni klub futbolchisi sifatida o‘tkazadi, so‘ngra Misr va Gretsiya bilan birgalikda 2030 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqchi bo‘lgan Saudiya Arabistoni elchisi sifatida ishlaydi. Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Portugaliyaning qo‘shma arizasi ham turnir mezbonligiga daʼvogarlik qilmoqda.
So‘nggi ikki hafta davomida hujumchi bu taklifni ko‘rib chiqish uchun vaqt sarflayapti. Nashrning maʼlum qilishicha, Ronaldu va “Al-Nasr” o‘rtasidagi kelishuv juda yaqin vaqt ichida tuzilishi mumkin.
Shartnomaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi sifatida yiliga 200 million yevro maosh oladi. Hozircha uning 2030 yilgi jahon chempionati elchisi sifatida qancha maosh olishi maʼlum emas.







