Luis Enrike Braziliyani boshqarishi mumkin
Muzokara boshlangan.

Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Luis Enrike Braziliya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi. Bu haqda “Globo Esporte” nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Braziliya futbol federatsiyasi Braziliya terma jamoasining Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionatidagi muvaffaqiyatsiz o‘yinidan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyligiga xorijlik nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Braziliyaliklar turnirning chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar ceriyasida mag‘lub bo‘lishdi. Termaning avvalgi ustozi Tite Qatardagi jahon chempionati yakunida o‘z lavozimini tark etdi.
Braziliya terma jamoasidagi lavozimga boshqa nomzodlar orasida “Chelsi” va “PSJ” sobiq ustozi Tomas Tuxel, “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan va argentinalik Marselo Gallardo ham bor.







