“Uni birinchi ko‘rganimda vaqt to‘xtagandek bo‘lgan”
Ronalduning sevgilisi futbolchi bilan birinchi uchrashuvi haqida gapirdi.

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning sevgilisi, mashhur model Jorjina Rodriges “Oltin to‘p”ning besh karra sohibi bilan birinchi uchrashuvi haqida taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Krishtianuni bir qarashda sevib qolganman. Men uni birinchi marta ko‘rganimda, vaqt to‘xtagandek tuyuldi. Men hech qachon bunday muomalali va ehtiyotkor odamni ko‘rmaganman. Dnyodagi eng yaxshi futbolchi bilan birgaligimdan baxtiyorman. Ehtimol, bizning munosabatlarimiz ko‘plab orzularim ro‘yobga chiqishiga imkon bergan bo‘lsa kerak. Farrosh, sotuvchi yoki model bo‘lishimdan qatʼi nazar, men har doim qilgan ishimga bir xil ishtiyoq bilan yondashganman”, — dedi Rodriges.
Avvalroq, Ronaldu “Manchester Yunayted” bilan kelishuvni bekor qilganidan keyin erkin agentga aylangandi. 37 yoshli portugaliyalik joriy mavsumda "qizil iblislar" safida 16 o‘yinda 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







