"Deputatlarni og‘zini yopadigan “zam”larni boridan yo‘g‘i yaxshi"
Rasul Kusherbayev spiker o‘rinbosaridan noroziligini bildirdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev tvitter sahifasida bu galgi byudjet muhokamalarida ishtirok etmagani, spiker o‘rinbosari, Ulug‘bek Inoyatov unga so‘z bermagani va majlisdan chiqib ketgani haqida yozdi.
"Bu safargi byudjet muhokamalarida ishtirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani o‘qishga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-o‘qishda yalpida so‘z so‘rasam “zam” spiker U.Inoyatov ochiqchasiga so‘z bermadi. So‘ng majlisdan chiqib ketdim va kirmadim. Deputatlarni og‘zini yopadigan “zam”larni boridan yo‘g‘i yaxshi", — degan deputat.







