Kusherbayev deputatlik mandatini topshirmoqda
Bu haqda deputatning o‘zi maʼlum qildi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev telegram kanalida deputatlik mandatini topshirayotgani haqida xabar qoldirdi.
"Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman.
Bunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman.
Ishonch bildirgan, qo‘llab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing bo‘linglar!
Nasib qilsa qolganini vaqt ko‘rsatadi. Alloh madadkor bo‘lsin!", — deb yozgan deputat.
P.S: Kusherbayevning deputatlikdan ketayotgani ayni damda keng jamoatchilik tomonidan muhokama qilinmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq deputat spiker o‘rinbosaridan noroziligini bildirdi.







