Marokashlik futbolchilardan yana bir yangilik
Ular jahon chempionatidan olgan barcha pullarini kambag‘allarga ehson qilishadi.

Marokash terma jamoasi futbolchilari Qatarda bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidan olgan barcha mukofot pullalarini kambag‘al bolalar va vatandoshlarining oilalariga yordam berish uchun sarflaydi. Bu haqda jurnalist Xolid Beydun xabar berdi.
Afrikaliklar turnirda to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Bronza medallari uchun kechgan bahsda Valid Regraga shogirdlari Xorvatiyaga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Xabarga ko‘ra, marokashliklar turnirda qatnashgani uchun 25 million yevro olishgan. Marokash jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan birinchi Afrika va arab terma jamoasiga aylandi.







