Eng dolzarb

“Odamlarning parlamentga bo‘lgan qilcha umid, ishonchi so‘nyapti”

Rasul Kusherbayevning deputatlik mandatini topshirgani jurnalist, bloger va keng jamoatchilik muhokamasida.

“Odamlarning parlamentga bo‘lgan qilcha umid, ishonchi so‘nyapti”

 

Avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev Telegram kanalida deputatlik mandatini topshirayotgani haqida xabar bergandik.

 

Zamon.uz ayni damda ijtimoiy tarmoqlar orqali keng muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan jurnalist, bloger va jamoatchilik fikrini bir nuqtaga jamladi.

 

Shahnoza Soatova, Adliya vazirining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi, bloger: 

— Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlashi haqida eʼlon qildi. Ushbu eʼlon konteksti juda pessemistik bo‘lib, afsus tuydim. Garchi qaror sababi aniq aytilmagan bo‘lsa ham, “bunday ishlay olmas ekanman”, “shunga majbur bo‘lganimdan afsusdaman” degan ifodalar Qonunchilik palatasida nimadir bo‘lgani va Rasul undan noroziligi anglashiladi. Shuhrat Latipov vaziyatni 2023 yil byudjet muhokamasi haqida Kusherboyev tvitterda qoldirgan tviti bilan bog‘lamoqda.   

Rasul bilan bir qancha masalalarda bahslarimiz bor. Biroq uni jonli va jonkuyar deputat deb bilaman. Umid qilamanki, vaziyat tez orada ijobiy yechim topadi.

 

Hamid Sodiq, huquqshunos: 

— 36 millionli xalq bittagina mandat bergandi. Uyat emasmi!?

 

Bahodir Ahmedov, bloger: 

—  Deputatning maʼlum qilishicha, deputatga 2023 yil Byudjeti loyihasi muhokamasida U. Inoyatov tomonidan so‘z ham berilmagan. Mamlakatning bir yillik taqdirini belgilaydigan bunday muhim hujjat pala-partish qabul qilinishi odamni xavotirga soladi do‘stlar.

Bizda parlament bormi o‘zi? Bular nimaga o‘tiribdi yuqorida. Nega bizning vakillarimiz degan nomni ko‘tarib yuruvchilar milliard-milliard dollarlik pullarimizni ustimizdan kulgandek qilib taqsimlashadi? Haqiqiy deputat deb biladiganlarimizga so‘z ham berishmaydi.

Inoyatov ishdan ketishi, o‘zi umuman bu parlament tarqatib yuborilishi lozim, shart.

Deputat bu o‘zining saylov okrugidagi saylovchi fuqarolarning vakilligini amalga oshiradi. Uning so‘zlari faqatgina o‘zining so‘zlari emas. Bu o‘sha joydagi fuqarolarning ham aytadigan gaplaridir. Shu sababli deputatga so‘z bermaslikka hech kimni haqqi yo‘q.

 

Aziza Qurbonova, jurnalist: 

— O‘zi yaxshi ko‘radigan xalq uchun, uni saylagan odamlar uchun sistemada turib kurashish qiyin, ammo foydali, maydonni boshqalarga qulay qilib tashlab ketish oson va bu harakatdan odamlarga foyda bo‘lishi dargumon.

Sistemani bukilmas shaxsiyatlar to‘g‘rilaydi.

 

Xurshid Daliyev, bloger:

— Yaqindan tanisangiz, Rasul Kusherbayevning deputatlik faoliyatini tugatishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. O‘zi deputatlar ichida men bilgan jonkuyar, fidoyi, vatanparvar, xalqchil deputat bu Kusherbayev. Shunday qaror qilishga majbur qilgan spiker o‘rinbosari U.Inoyatov noto‘g‘ri ish qilipti. Biz Rasul Kusherbayevni qo‘llab-quvvatlaymiz.

 

Olimjon O‘sarov, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi: 

— Jurnalist, deputat hamfikr hamkorimiz Rasul Kusherbayev Oliy Majlis deputatlik mandatini topshirmoqchi ekanini maʼlum qildi...

...Sal avvalroq unga fikr bildirish uchun so‘z berilmaganini aytgan edi. Nafaqat jurnalist yoki deputat, balki oddiy fuqaroga ham fikr bildirishni chegaralash — jinoyat. Afsus...

 

Otabek Ortiqov, bloger: 

— Rasul Kusherbayev bilan yaxshi iliq munosabatdaman. Juda samimiy va xalqparvar shaxs. Deputatlikdan nega ketmoqchi ekani sabablari haqida so‘ramadim, ammo Rasul akani qarorlarini har qanday holatda qo‘llab-quvvatlayman. Shunchaki Rasul aka ketsa bu katta yo‘qotish bo‘lishidan xafaman. Rasul aka biz siz bilan! Xalqparvar va adolatlilar yurtga kerak, amaldorlarga emas. Buni Rasul aka misolida ko‘rdik.

 

Ilyos Safarov, Kun.uz muxbiri: 

— Suratda uning ikki kun avvalgi byudjet loyihasi muhokamasi qanday o‘tgani haqida yozgan posti. Kusherbayev shaxsan men parlamentda shaffof saylovlar orqali kelib o‘tirganiga ishonadigan ikki deputatdan biri edi. Afsus, odamlarning parlamentga bo‘lgan qilcha umid, ishonchini ham so‘ndirishyapti. Kusherbayevga so‘z bermaslik Inoyatovning shaxsiy tashabbusi emas. Bu kabi ishlarga uning kuchi, tafakkuri va jurʼati yetmaydi. Bu aniq. Bu ishlar kuchliroq esayotgan va o‘ta zararli shamolning natijasi (qani bundan ortiqcha gap gapirolsam). Demoqchimanki, sabablar haqida o‘ylayotganda Inoyatov omilini ro‘yxatingizdan chiqarib tashlayvering.

 

TROLL.UZ:  

— Baʼzilar menga ham deputat bo‘lishni yozishadi. Bo‘lmayman. Bo‘lolmayman.  Bu tizimda sog‘ odam ishlashi qiyin. Sog‘ni yo kasal qiladi, yo sig‘dirmaydi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Odamlarning parlamentga bo‘lgan qilcha umid, ishonchi so‘nyapti” | Zamon.uz